Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropaning hamkor universitetlari vakillari ishtirok etadilar. Dastur doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
-
Erasmus+ dasturining O‘zbekiston oliy ta’limiga qo‘shgan hissasi muhokamasi;
-
loyiha amalga oshirilishining oraliq natijalari taqdimoti;
-
moliyaviy boshqaruv va keyingi reja haqida ma’lumot;
-
universitet hududi bo‘ylab sayohat va fotosessiya;
-
ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish;
-
qadimiy Samarqand shahriga sayohat.
✨ Ushbu yig‘ilish tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
📍 O‘tkaziladigan joy: “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti
Manzil: Universitet ko‘chasi, 17-uy, Samarqand shahri, O‘zbekiston, 140104
🗓 Sana: 2025-yil 10–12 sentyabr