2025-yil may oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ QUARTZ loyihasining 4-muvofiqlashtirish uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir davomida:
-
Loyiha doirasidagi 18 oylik faoliyat va natijalar ko‘rib chiqildi
-
Targ‘ibot va tashviqot ishlari muhokama qilindi
-
Yevropa universitetlarining oliy ta’lim sifatini rivojlantirishdagi ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashildi
-
Erasmus+ dasturi xalqaro loyihalari bo‘yicha ekspertlar loyiha samaradorligini oshirishga oid tavsiyalar berdilar
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari universitetning professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.







