QUARTZ
Barcha yangiliklar

QUARTZ loyihasining 4-muvofiqlashtirish uchrashuvi “Ipak yo‘li” universitetida

11 Sentabr, 2025

Uchrashuv davomida:

  • Loyiha doirasidagi 18 oylik faoliyat natijalari tahlil qilindi;

  • Yevropa universitetlarining oliy ta’lim sifatini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalari muhokama qilindi;

  • Moliyaviy boshqaruv masalalari va loyiha platformasi rivoji ko‘rib chiqildi;

  • Kelgusi rejalar va qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda loyiha hamkor universitetlari vakillari, milliy oliy ta’lim islohoti bo‘yicha ekspertlar va Erasmus+ dasturining xalqaro loyihalar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ular tomonidan loyiha samaradorligini oshirish va sifatni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mehmonlar “Ipak yo‘li” universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv laboratoriyalari va xalqaro hamkorlik markazlari bilan tanishdilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida sifatni oshirish, xalqaro tajribalarni joriy etish va ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.