QUARTZ
Barcha yangiliklar

Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da to‘planadi

13 Sentabr, 2025

Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da to‘planadi

Jahon miqyosida oliy ta’lim sohasida yetakchi ekspertlar hamda QS World University Rankings reytingini tuzuvchi QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi ishtirokida muhim xalqaro anjuman tashkil etiladi.

📅 2025-yil 25–26 noyabr
📍 Central Asian University, Toshkent

Forumda mintaqaviy va xalqaro universitet rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etib:

  • oliy ta’lim sifatini oshirish,

  • global reytinglarda ishtirok etish,

  • innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari bo‘yicha tajriba almashadilar.