QUARTZ
Barcha yangiliklar

Erasmus+ dasturi doirasida onlayn seminar o‘tkaziladi.

18 Dekabr, 2025

Seminar oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, ta’lim dasturlari va malaka ramkalarini Bolonya jarayoni tamoyillariga moslashtirish, shuningdek, strategik rejalashtirish jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlanadi.

🎓 Xalqaro ekspert: professor Ellen Hazelkorn
🗓 Sana: 18-dekabr, 2025-yil
🕙 Vaqt: 10:00
💻 Format: onlayn (Zoom)
🔹 Onlayn translyatsiya: YouTube (https://www.youtube.com/live/5jdwg5TfEmM?si=LJnEqGzVqTUakVeM) 

Mazkur seminar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va sifatni ta’minlash yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.