Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs), Milliy Erasmus+ ofisi (NEO) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Erasmus+ Session: Useful Tips from the Experience of Grant Holders from Uzbekistan” mavzusida sessiya tashkil etildi.
Sessiya davomida oliy ta’lim muassasalarining ma’muriy va akademik xodimlari, shuningdek, soha mutaxassislari Erasmus+ loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashib, CBHE (Capacity Building in Higher Education) loyihalarining eng yaxshi amaliyotlarini muhokama qildilar.


