QUARTZ
Barcha yangiliklar

Toshkentda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ikki kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.

03 Fevral, 2026

2026-yil 2–3-fevral kunlari Toshkentda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan “Sifatni ta’minlash tamoyillari” mavzusida ikki kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Agentlik xodimlari va oliy ta’lim tashkilotlarining sifat bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi. Seminar Buyuk Britaniyaning QAA va British Council hamkorligida tashkil etildi.

✔️ Mashg‘ulotlar QAA ekspertlari Tullio Lobetti va Julie Till tomonidan olib borilib, ESG standartlari, ichki va tashqi sifatni ta’minlash tizimlari muhokama qilindi.

💬 Central Asian Universitydan Mansurkhon Kamalov seminar davomida QUARTZ loyihasi (Quality Assurance and Relevance in Technical Education) doirasidagi ishlar va xalqaro hamkorlikdagi rejalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

⚡️ Yakunda barcha ishtirokchilarga Certificate of Achievement topshirildi.