QUARTZ
Barcha yangiliklar

Urganch davlat universitetida Yevropa Ittifoqi hamkorligidagi QUARTZ loyihasi doirasida xalqaro seminar-trening bo'lib o'tdi

13 May, 2026

Bugun 13-may kuni Urganch davlat universitetida Yevropa Ittifoqi hamkorligidagi QUARTZ (“Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan”) loyihasi doirasida “QA Strategy Implementation” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy baholash mezonlarini joriy etish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlandi.

Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟢oliy ta’limda sifat va sifatni ta’minlash tamoyillari;
🟢 ta’lim jarayonini baholashning zamonaviy indikatorlari;
🟢institutsional boshqaruv va axborot tizimlarining o‘rni;
🟢 xalqaro tajriba asosida sifat strategiyasini amalga oshirish.

Tadbirda Bolgariyaning Varna Menejment Universiteti hamda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ma’ruza bilan ishtirok etishdi.