QUARTZ
Barcha yangiliklar

12–17-oktabr kunlari O‘zbekistonda Erasmus+ International Days 2026 haftaligi bo‘lib o‘tadi.

28 Sentabr, 2026

Mazkur tadbirlar Erasmus Days 2026 xalqaro tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda. Erasmus+ International Days tadbirlarimiz Erasmus Days xalqaro platformasida ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan va platformada O‘zbekistonning xalqaro Erasmus+ tadbirlari sifatida ko‘rsatilgan.

➖ Hafta davomida O‘zbekistonning turli hududlarida Erasmus+ imkoniyatlari, loyihalar natijalari va hamkorlik tajribalariga bag‘ishlangan 9 ta tadbir tashkil etiladi:

🔹 Erasmus+ imkoniyatlari bo‘yicha axborot sessiyalari
🔹 CBHE va Jean Monnet loyihalari bo‘yicha tematik va metodologik seminarlar
🔹 Erasmus+ loyihalari natijalarini taqdim etish
🔹 ICM hamkorliklari va boshqa Erasmus+ imkoniyatlari
🔹 Loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha maslahat va ma’lumot sessiyalari



📍 Tadbirlar Toshkent, Urganch, Jizzax, Namangan, Farg‘ona va Nukus shaharlarida tashkil etiladi. Shuningdek, 1 ta tadbir onlayn formatda o‘tkaziladi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola 
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 7-oktabr, soat 15:00

ℹ️ Faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga tadbirlar bo‘yicha taklifnomalar elektron pochta orqali yuboriladi.

Sizni Erasmus+ Xalqaro kunlari 2026 tadbirlarida kutib qolamiz!