RANCH universitetida Yevropada ta’lim olish imkoniyatlari va xalqaro grantlarga bag‘ishlangan ERASMUS+ Xalqaro kunlari 2026 tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Erasmus Mundus magistratura grantlari, talabalar va o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv dasturlari hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning xalqaro imkoniyatlardan foydalanishi va yangi marralarni zabt etishiga xizmat qiladi!
Uchrashuv davomida Erasmus+ MECAS — Orolbo‘yi havzasi ta’sirini o‘rganish uchun Ecoinformatika bo‘yicha magistratura o‘quv dasturlarini ishlab chiqish xalqaro loyihasi haqida ham ma’lumot berildi. Loyiha maqsadlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari hamda ekologiya va axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash istiqbollari ishtirokchilarga tanishtirildi.